07-11-2025 09:19

Bu Hukumat qarori (700-son, 06.11.2025 y.) bilan tasdiqlangan “Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
Nizomga ko‘ra, pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.
Ushbu jo‘natmalar orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.
Jo‘natmalarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta va kurerlik jo‘natmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar orqali ro‘yxatga olingan jo‘natmalar deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
