Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.
U Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.
Shols, shuningdek, 17-sentyabr kuni Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo—Germaniya” (5+1) ikkinchi sammitida ishtirok etadi.
Maʼlumot uchun, mazkur tashrif Sholsning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi boʻladi. Unga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida “katta biznes delegatsiyasi” hamrohlik qiladi.