Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltaklab, pul talab qildi
09.09.2024 19:06
Bugun, 9 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi bir nechta maktab o‘quvchisining maktabdoshini kaltaklayotgani va undan pul talab qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat haqiqatdan ham Asaka tumanidagi 34-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yuz bergan.
Videoda yigit bolani urarkan, bir necha marotaba uni qidirgani, nima sabab javob bermaganini so‘ragan va haqoratlab, do‘pposlab ketganini ko‘rish mumkin. Qolaversa, yigit unga 300 ming so‘m pulni 1 million so‘m qilib qaytarish talabini qo‘ygan va buning uchun 10 kun muhlat bergan.