30-07-2025 04:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–230-son, 28.07.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
2026 yildan har 2 yilda 1 marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.
