07-11-2025 09:15

Qayd etilishicha, erkak 2008-yilda xotini bilan oila qurib, 3 nafar farzandli bo‘lgan. Ammo ular kelishmovchiliklar sababli 2021-yilda qonuniy ajrashgan. Shundan so‘ng 2024-yilga kelib sud qarori bilan uni sobiq rafiqasiga tegishli bo‘lgan uydan chiqarib yuborish bo‘yicha sud qarori qabul qilingan.
Ushbu shaxs 2025-yil mart oyida MIB xodimlarining ko‘z o‘ngida, yuk mashinasida kelib qaynonasi, qaynotasi va sobiq ayolini bosib ketgan. U bu bilan cheklanmay, mashinadan tushib xotiniga pichoq ham urgani aytildi.
Fuqaroga Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qashqadaryo sodir bo‘lgan voqeada kelin tuzgan reja bo‘lajak kuyovning qotilligi bilan yakunlangandi. G‘uzor tumanidagi xonadonlardan birida kelin boylik ilinjida singlisining bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini o‘g‘rilik uchun yollagan. Boshqa bir holatda esa Farg‘onada ota aliment bo‘yicha chiqqan janjal oqibatida xotini va 2 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgandi. Uning qarzi 10 million so‘m bo‘lgan.
