04-11-2025 14:21

Mazkur jarayon aholining xususiy mulkni rivojlantirish, turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy muhofaza tizimini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uy-joy huquqini rasmiylashtirish orqali fuqarolar mulkdan to‘liq foydalanish, kreditlar olish, merosga qoldirish va boshqa qonuniy imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Kasbi tumanida 355 nafar, Qamashi tumanida 322 nafar, Koson tumanida 291 nafarni tashkil etdi.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, hali o‘z mulkiga egalik huquqini rasmiylashtirmagan fuqarolarga huquqiy yordam va tushuntirish ishlari kengaytirilmoqda.
