04-11-2025 14:58

Ma’lum qilinishicha, Bojxona qo‘mitasi hamda Andijon viloyati va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari tezkor tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar tomonidan bojxona organlari rasmiy hujjatlarini qalbakilashtirish holatlariga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yerda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar Boshqarmasi» yozuvli muhr, oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnomalar, ushbu shaxsning go‘yoki bojxona xodimi ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma, ishga aloqador boshqa hujjat hamda vositalar borligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 3 nafar shaxsdan iborat uyushgan guruh hujjatlarni qalbakilashtirish orqali oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma tayyorlab, unga soxta muhr bosib, qalbakilashtirilgan xizmat guvohnomalari bilan hududlardagi banklarga kredit olish uchun taqdim etib kelishgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
