11-08-2025 06:04
O‘z navbatida, bu “O‘zbekneftgaz” AJning yoqilg‘i bozori barqarorligini saqlash, aholini yuqori sifatli benzin bilan ta’minlashga qaratilgan strategiyaning muhim qismidir.
Strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirilib, tannarxni kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bunda benzin ishlab chiqarish hajmi ortib, narx kamaytirildi.
Bu ishlar natijasida Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlang‘ich narxi birinchi bosqichda 12 million 881 ming so‘mdan 12 million 628 ming so‘mga tushirildi. Bu esa o‘z navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 ming 400 so‘m degani. Bu nafaqat iste’molchilar uchun qulay narx, balki butun bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.