01-11-2025 05:22

Navoiy viloyatida sotuvchining xatosi tufayli 2 dona qalampir narxi kassa apparatiga 2 milliard so‘m qilib kiritildi, oqibatda katta miqdorda soliq to‘lovi kelib chiqdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sotuvchi qalampir uchun 20 ming so‘mlik chek urish o‘rniga 2 mlrd so‘mlik chek urgan. Bu esa juda katta miqdorda soliq qarzdorligini yuzaga keltirgan.
Tadbirkor chekni bekor qilishni so‘ragan bo‘lsa-da, Soliq boshqarmasi chek ma’lumotlarini tahrirlab bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Oqibatda muammo hal etilmay qolgan.
Shundan so‘ng, Navoiy viloyat soliq boshqarmasi ustidan chekni tahrirlamaslikni qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, sud tadbirkor foydasiga qaror chiqargan.
