Filippin shimoli-sharqida “Trami” toʻfoni sabab kuzatilayotgan kuchli yomgʻir, suv toshqinlari va koʻchkilar qurbonlari soni 85 kishiga yetdi.
Manila Times gazetasining mamlakat Fuqarolik mudofaasi byurosiga tayanib yozishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.
Tabiiy ofat tufayli 5,7 million kishi oʻz uyini tark etishga majbur boʻldi, 92 mingga yaqini esa vaqtinchalik yashash markazlarida, deya maʼlum qildi Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi.
“Toʻfon oqibatlari tufayli 27 mingdan ortiq uy, 520 ta yoʻl va 84 ta koʻprik zarar koʻrgan”, – deyiladi xabarda.