04-11-2025 14:17

3 noyabrdagi O‘RQ–1093-sonli Qonun bilan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Ushbu Qonun bilan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi:
- nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash;
- kitobxonlik madaniyatini rag‘batlantirish.
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga va noshirlik faoliyatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Shuningdek, bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Shuningdek, nashriyot nashrlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
