04-11-2025 12:15

Pensiya jamg‘armasi mazkur holatlar bo‘yicha aholini ogohlantirib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, pensiya miqdorini oshirish faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolarda pensiyasini qayta hisoblash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ular faqat rasmiy bo‘limlarga murojaat qilishlari mumkin.
“Pensiya jamg‘armasining hech bir xodimi fuqarolarga ko‘chada pensiya miqdorini oshirib berishni taklif qilmaydi. Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang”, deyiladi rasmiy xabarda.
Pensiya jamg‘armasi shu kabi shubhali holatlarga duch kelgan fuqarolardan jamg‘armaning ishonch telefoni (1271) Ichki ishlar organlariga (102) xabar berishni so‘radi. Firibgarlarga aldanishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
