03-11-2025 12:29

Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan «Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorni (ro‘yxat raqami 3698, 2025-yil 3-noyabr) bu haqda belgilangan.
Qayd etilishicha, banklar bundan buyon o‘lchovli oltin quymalarni oldi-sotdi shartnoma asosida Markaziy bankdan sotib olishi va ularni sotish bo‘yicha mustaqil narx belgilashi mumkin.
Eng muhimi, jismoniy va yuridik shaxslar endilikda oltin yoki kumushning jismoniy bo‘lmagan, grammda hisoblanuvchi raqamli ko‘rinishini ham mobil ilova orqali real vaqtda sotib olishlari yoki sotishlari mumkin. Ushbu tartib bilan o‘lchovli oltin quymalarni onlayn, tez va oson bank filialga bormasdan olish mumkin, narxlar London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining har kungi fiksingi asosida shaffof belgilanadi.
Bu hujjat bilan investitsiya uchun yangi imkoniyatlar yaratildi, endilikda kichik summa bilan ham investitsiya kiritish mumkin. Bundan tashqari, barcha operatsiyalar bank tizimlari orqali identifikatsiya va autentifikatsiya bilan tasdiqlanadi. Narxlar banklarning rasmiy sayti, mobil ilovasi va ijtimoiy sahifalarida doimiy yangilanib boradi.
