31-07-2025 07:35
«O‘zgidromet» agentligi respublika hududlarida kuzatiladigan xavfli ob-havo hodisalari bo‘yicha axborot berishni maqsad qilgan «Meteo-Alert» tizimini ishga tushirdi. Yangi platforma data.meteo.uz saytida ishlaydi va unda ob-havo xavflari yashil, sariq va qizil ranglar orqali tasvirlanadi.
Yashil rang hozircha hech qanday xavf yo‘qligini anglatadi. Sariq rang o‘rtacha xavf darajasini bildirib, shamollar yoki boshqa ob-havo xatarlari haqida ogohlantiradi. Qizil rang esa yuqori darajadagi favqulodda holat — masalan, yongin xavfi borligini ko‘rsatadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tizim Markaziy Osiyoda Qozog‘iston va Qirg‘iziston tajribasi asosida joriy etilgan. Tojikiston va Turkmanistonda bu kabi tizim hali mavjud emas.