23-07-2025 12:57
Ushbu jarayonda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahri qamrab olindi.
Tekshiruvlar natijasida 344 ta ma’muriy huquqbuzarlik holati aniqlandi. Ulardan:
224 ta ish bo‘yicha jarimalar to‘langan,
116 ta ish bo‘yicha sud qarorlari ijrosi kutilmoqda,
4 ta ish hozirda sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Huquqbuzarlik holatlari Administrativ javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193⁻⁴-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilib, “E-ma’muriy ish” tizimi orqali sudlarga yuborildi.
Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar sohalar kesimida:
212 nafar – mahalliy hokimliklar,
31 nafar – qishloq xo‘jaligi,
24 nafar – yoshlar siyosati,
13 nafar – maktab va maktabgacha ta’lim,
10 nafar – moliya tizimi,
9 nafar – bandlik sohasi,
6 nafar – kadastr,
5 nafardan – sanitariya va favqulodda vaziyatlar,
4 nafardan – sog‘liqni saqlash va ekologiya,
3 nafardan – veterinariya, sport, oliy ta’lim va adliya,
2 nafardan – madaniyat, investitsiya, suv xo‘jaligi,
1 nafardan – oila va xotin-qizlar, qurilish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida.
Agentlik tomonidan bu kabi holatlarning oldini olish ishlari davom ettirilmoqda.