
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Yandex Uzbekistan o‘zining navigatsiya xizmatlarida svetoforlarning chiroqlarini real vaqtda ko‘rsata boshladi. Bu orqali haydovchilar hatto ko‘rinish cheklangan holatlarda ham svetoforning qaysi chirog‘i yonib turganini bilishlari mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, ular harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirib, chorrahalardagi YTHlar ehtimolini kamaytirishlari mumkin.

Maishiy chiqindilar xizmati uchun to‘lovlarni ta’minlashdagi amaliy muammolar Senat doirasida muhokama qilindi. Senatorlar bu tizimdagi huquqiy asoslar, amaliy yondashuvlar va ijtimoiy ta’sirlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlashmoqda.