23-07-2025 08:40
Bu haqda Turizm qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, festival doirasida mahalliy va xorijiy oshpazlar ishtirokida turli bellashuvlar, palov tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, hunarmandchilik yarmarkalari hamda madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirning dastlabki kuni Sulton Hovand Beka maqbarasi — Ashratxona hududida mahalliy oshpazlar o‘rtasida musobaqalar bilan boshlanadi. Ikkinchi kuni esa Alisher Navoiy ko‘chasida xorijiy oshpazlar o‘z mahoratlarini namoyon etishadi.
Festival mehmonlariga palovning 20 dan ortiq turi — Farg‘ona va Toshkent uslubidagi an’anaviy palovlardan tortib, afg‘on, eron, arab va boshqa xalqlar milliy palovlari namoyish etiladi.
Festivalning so‘nggi kuni "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘ida viloyatning eng mahoratli oshpazlari tomonidan 7 tonna Samarqand palovi tayyorlanadi.
Tayyorlangan palov muhtojlar uchun ham beaham emas: u mehribonlik uylari, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar uyi kabi muassasalarga yetkazib berildi.