Endi O‘zbekistonda TON bilan qonuniy savdo qilish mumkin
06.09.2024 12:13
Oʻzbekistonda Telegram'ga tegishli boʻlgan Toncoin kriptovalyutasi bilan qonuniy ravishda rasman oldi-sotdi qilish imkoni paydo boʻldi.
Xabarga koʻra, listing Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi qonuniy kriptobirja — UzNex'da amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, UzNex kriptobirjasi ʼʼKOBEO GROUPʼʼ MCHJ xorijiy korxonasiga qarashli kriptobirja boʻlib, MCHJ UzNexning mamlakatdagi faoliyati uchun 2019-yilda litsenziyani qoʻlga kiritgan. Kriptobirja 2020-yil yanvaridan beri ishlab kelmoqda.
Hozirda UzNex'da Bitcoin, Ethereum va Solana kabi 10 dan ortiq kriptovalyuta savdosi bilan shugʻullanish mumkin. Bunda Humo yoki UzCard kartalaridan foydalanish imkoni bor.
Taʼkidlanishicha, avgust oyida Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olinishi bilan Toncoin narxi keskin tushib ketdi.