Kiberhujumlar va onlayn qallobliklar ortib borayotgan bir paytda, yurtdoshlarimiz o‘zini himoya qilish maqsadida kredit rasmiylashtirishni ixtiyoriy tarzda taqiqlashni tanlamoqda. Ikki oy ichida 73 ming kishi bunday qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda bir qator restoranlar sport translyatsiyalarini litsenziyasiz efirga uzatgani aniqlanib, Adliya vazirligi tomonidan rasmiy ogohlantirildi. Ushbu holat Buyuk Britaniyaning Eurasian Broadcasting Enterprise Limited kompaniyasi murojaati asosida o‘rganilgan. Mazkur kompaniya Setanta Sports telekanallari mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish maqsadida chegarada «yashil yo‘lak» tizimi joriy etilishi mumkin. Bu orqali ayniqsa tez buziladigan mahsulotlar tranziti tezlashishi, iqtisodiy faollik esa yanada kuchayishi kutilmoqda.
Apple kompaniyasi ChatGPT’ga raqobatchi yaratish ustida ishlaydigan jamoaga muhandislarni faol jalb etishni boshladi. Bu qadam Siri ishlab chiquvchilari jamoasini keng ko‘lamli qayta tashkil etishning bir qismi bo‘lib, kompaniyaning ovozli yordamchisi va boshqa sun’iy intellekt xizmatlarining imkoniyatlarini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda MacRumors nashri xabar berdi.
Isroilning xavfsizlik sohasida faoliyat yuritgan 600 ga yaqin sobiq amaldori, jumladan Mossad va Shin Bet tashkilotlari, armiya hamda diplomatik korpusning sobiq rahbarlari AQSH prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, G‘azodagi urushni to‘xtatish uchun Isroil hukumatiga bosim o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda BBC xabar berdi.