Jennifer Lopesning Qozog‘istonga tashrifi va sahna liboslari keng jamoatchilik orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi – ba’zilar bu holatni hayrat bilan qarshi olgan bo‘lsa, ba’zilar xonandani keskin tanqid qildi.
BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdilar.
Toshkent shaharining Shayxontohur tumanida joylashgan bir qator mahalliy qozonxonalarda avgust oyida rejali ta’mir va profilaktika ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ayrim manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Global va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb masalalari, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasining bo‘lajak 80-yubiley sessiyasini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroildan G‘azo sektorida insonparvarlik inqirozining oldini olish uchun falastinliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni talab qildi. U AQSH ham bu borada katta yordam ko‘rsatayotganini ta’kidladi.