Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot, Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni:
— Chortoq MFY, Gulzor, Gulzor 1-7 Islomobod va Umid ko‘chalaridagi jami 372 ta yerli xonadon.
— Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta.
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni:
— Sug‘diyona ko‘chasidagi - 182 ta yerli xonadon;
— «Golden House» ko‘p qavatli uylaridagi - 355 ta xonadon;
— «Qutbaraka» A.Navoiy mavzesi va Belariq ko‘chasida - 265 ta xonadon.
— Ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni:
— Markaz 5 mavzesidagi «Murad buildings» ko‘p qavatli uyi - 160 ta xonadon;
— Sharofobod ko‘chasidagi Muhtasham qurilish ko‘p qavatli uyi - 270 ta xonadon;
— KXAY ko‘chasida 65A ko‘p qavatli uyi - 22 ta xonadon;
— Markaz 6 mavzesidagi Qozog‘iston ko‘p qavatli uyi - 120 ta xonadon.
— Ulgurji iste’molchilar soni: 30 ta.
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni:
— Mirzo Bobur ko‘chasidagi - 124 ta yerli xonadon.
«Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.