O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Rossiya Prezidenti 6-avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qildi.
Microsoft texnologiya giganti SAHAL 8200 kiberrazvedka bo‘linmasiga G‘azo, Yahudiya va Samariyadagi millionlab falastinliklarni kuzatishda ko‘maklashgan. Bu haqda The Guardian gazetasi, 972+ jurnali va "Siha Mekomit" nashrida e’lon qilingan qo‘shma surishtiruvda ma’lum qilindi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvda Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishga umid qilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va hayotda turli shubhali shaxslar tomonidan “tabiiy usullarda” davolash niqobi ostida soxta tabiblik bilan shug‘ullanish holatlari ko‘payib borayotgani qat’iy tanqid qilindi.