08-08-2025 06:25
Olimlar o‘zining tegishli tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi. Ular millionlab yillar davomida harakatsiz bo‘lgan yoriqda ilgari kuchli zilzilalar sodir bo‘lganini aniqladi. Bu kelajakda ham kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligini ko‘rsatadi.
So‘nggi o‘n yilliklarda Tintin yorig‘i bo‘ylab 3-4 magnitudali bir nechta kichik zilzilalar qayd etilgan, dedi tadqiqotchilar.
Ta’kidlanishicha, kelajakda Tintin yorig‘i hududidagi zilzilalar kuchliroq bo‘lishi va 7,5 magnitudaga yetishi mumkin.
Yoriq har yili o‘rtacha 0,2 dan 0,8 millimetrgacha deformatsiya to‘plashda (yer qatlamlari asta-sekin siljishda) davom etmoqda va shu sababli kelajakda zilzilalar xavfini tug‘dirmoqda, deyiladi xabarda.
Tadqiqotchilar sun’iy yo‘ldoshlar, samolyotlar va dronlardan olingan yangi yuqori aniqlikdagi topografik ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, 30-iyul kuni Kamchatka qirg‘oqlarida 1952-yildan beri eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Kuril orollariga sunami yopirildi. Zilziladan so‘ng Kamchatka balandlik bo‘yicha pasaydi, shuningdek, janubi-sharqqa 2 metrga siljidi. Kamchatka Shimoliy Amerika plitasida joylashgan bo‘lib, u ham harakatlanadi. Yer silkinishlari Kamchatkadagi Krasheninnikov vulqoni otilishiga turtki bo‘ldi. Mazkur vulqondan lava oxirgi marta 1463-yilda otilgan edi.