08-08-2025 06:49
Manbalarga ko‘ra, Tramp 6-avgust kuni Yevropa va Ukraina davlatlari yetakchilari bilan suhbatlashib, o‘t ochishni to‘xtatish borasida optimistik munosabatda ekanligini bildirgan.
Bloomberg manbalarining aytishicha, AQSH prezidenti tomonlar hududlar almashinuvi masalasini muhokama qilsa, Putin tinchlik muzokaralariga tayyor bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Manbalar aynan qanday hududlar nazarda tutilayotganini aniqlashtirmagan.
Rossiya va AQSH prezidentlari yaqin orada uchrashishi kutilmoqda. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 6-avgust kuni Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida shunday kelishuvga erishgan.
G‘arb OAVlariga ko‘ra, Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvdan so‘ng Tramp Rossiya va Ukraina yetakchilari bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishga umid qilmoqda. Biroq Ukarina yetakchisi bilan uchrashuv haqidagi xabarlarga Rossiya tomoni munosabat bildirgani yo‘q.
Rossiya 2022-yilda o‘z nazoratiga olganini e’lon qilgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporija viloyatlari ustidan to‘liq nazorat o‘rtashini xohlamoqda. Biroq urush boshlanganiga uch yildan oshgan bo‘lsa-da, Rossiya armiyasi bu hududlarning birortasini to‘liq egallay olgani yo‘q. Bundan tashqari, Rossiya Sumi va Xarkov viloyatlarining ayrim qismlarini nazorat qilmoqda.