Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, O‘zbekistonda taksi xizmatlari bozori 2025-yilning dastlabki 7 oyida sezilarli o‘sish qayd etildi. Ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyul oylarida taksi agregatorlari orqali amalga oshirilgan yo‘lovchi tashish aylanmasi 5 trln so‘mdan oshgan.
2025-yil 7-avgust kuni soat 19:00 da Chilonzor tumanida joylashgan (Milliy) “Bunyodkor” stadionida jahon estrada yulduzi Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Chilonzor tumanida joylashgan qator ko‘chalarda vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.