07-08-2025 06:05
Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanidagi sayyohlik markazida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ili Qozog‘iston avtonom okrugi partiya qo‘mitasining targ‘ibot bo‘limi xabar berdi.
Departamentning WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aytilishicha, chorshanba kuni Pekin vaqti bilan soat 18:18 da Mongolkyure (Chjaosu) uyezdida sodir bo‘lgan halokatga kabellardan birining uzilib ketishi sabab bo‘lgan. Oqibatda osma ko‘prik qiyshayib, uning ustida bo‘lgan odamlar yiqilib tushdi.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ularning hayoti xavf ostida emas. Voqea sodir bo‘lgan turistik zonaning ishi vaqtincha to‘xtatildi. Hokimiyat hodisa oqibatlarini bartaraf etyapti, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi tass.ru.