Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi
19.09.2024 09:55
Ayrim tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlarini bekor qilish haqida prezident farmoni imzolandi.
Prezident Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:
— yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi;
— yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.