07-08-2025 10:17
MIB Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qidiruvdagi shaxs ikki yil davomida voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Natijada uning qarzi 59 million so‘mga yetgan.
MIB xodimlari qiz bola nomidan Telegram messenjerida qarzdor bilan ishqiy yozishmalarga kirishib, unga qahvaxonalardan birida uchrashuv belgilashgan.
Erkak "uchrashuv"ga kelganida, uni MIB xodimlari ushlashgan. Hozirda qarzdordan talab qilingan aliment summasini undirish ishlari olib borilmoqda.