05-08-2025 13:42
«Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi xabariga ko‘ra, Shayxontohur tumanidagi bir qator qozonxonalarda avgust oyi davomida rejalashtirilgan ta’mir va profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Mazkur ishlar issiqlik manbalarining yozgi reja asosida to‘xtatilishi doirasida o‘tkazilmoqda.
Ta’mir jarayonida uskunalar yangilanadi, eski qismlar almashtiriladi hamda nasos uskunalarining ishlashi tekshiriladi. Bu ishlar tizimning barqaror va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan.
Issiq suv ta’minoti quyidagi sana va manzillarda vaqtincha to‘xtaydi:
Kompaniya ma’lumoticha, ushbu ishlar yoz mavsumida tizimning samarali ishlashini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi.