06-08-2025 05:32
Ushbu holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati birlamchi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-avgust soat 22:30 lar atrofida Ko‘kdala tumani, Ko‘kdala MFY hududida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olingan va soat 22:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 1 ta avtosisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlash rezervuari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida avtosisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.