Markaziy bank 2025-yil II choragi uchun ko‘chmas mulk bozori tahlilini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, joriy yilning II chorak yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik yuqoriligicha qoldi. Ushbu davrda ko‘chmas mulk bozorida tuzilgan bitimlar soni 88,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga oshgan.