O‘zbekiston AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AQSH Paxta assotsiatsiyasi bilan Amerika paxtasini importi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu kelishuvlar AQSHning GSM-102 dasturi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda, u orqali importchi davlatlar uchun eksport kreditlari kafolatlanadi.
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.
O‘zbekistonda iyul oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori birinchi marta 1,2 mlrd kWh’dan oshdi. Bu umumiy generatsiyaning 17 foizini tashkil etib, milliy energetikada yangi rekord sifatida qayd etildi.
Rossiya Davlat dumasi deputatlari «Spravedlivaya Rossiya – Za pravdu» partiyasi tomonidan migrantlarga nisbatan yangi cheklovlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaga ko‘ra, og‘ir va ayniqsa og‘ir jinoyat sodir etgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarga mamlakatga umrbod kirish taqiqlanadi.