05-08-2025 05:44
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
Nurobod tumani Sazag‘on massividagi bo‘sh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MCHJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan.
Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini ko‘p qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.