04-08-2025 13:24
Nashrga ko‘ra, olimlar PSAT1 genini faollashtirish yurak to‘qimalarining regeneratsiyasini boshlashini aniqlagan. PSAT1 geni homiladorlik davrida hujayra o‘sishida faol ishtirok etadi, biroq kattalarda u deyarli ishlamaydi. Tadqiqotchilar ushbu genni o‘z ichiga olgan modifikatsiyalangan matritsali RNK (modRNA) yaratib, uni infarktdan keyin darhol sichqonlarning yurak to‘qimalariga kiritgan. Natijada yurak mushak hujayralarining bo‘linishi faollashgan, chandiq to‘qimalar kamaygan va yangi qon tomirlari paydo bo‘lgan. Bularning barchasi hayvonlarda yurak faoliyatining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelgan.
Olimlarning tushuntirishicha, PSAT1 serin aminokislotasining sintezini ishga tushiradi. Serin hujayralarni stressdan himoya qilish va DNK’ni tiklashda muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayonda asosiy rolni YAP1 oqsili o‘ynaydi – u regeneratsiya jarayonlarini boshlash qobiliyati bilan mashhur. Agar bu oqsil bo‘lmasa, PSAT1 ning ta’siri yo‘qoladi.
Ushbu tadqiqotda qo‘llanilgan texnologiya – modRNA ilgari COVID-19 ga qarshi mRNK-vaksinalarni ishlab chiqishda ham ishlatilgan. Olimlarning aytishicha, bu usul genetik materialni DNK’ni o‘zgartirmagan holda hujayralarga yetkazishga imkon beradi, bu esa xavflarni kamaytiradi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu yondashuv yurak yetishmovchiligi terapiyasining yangi usullariga asos bo‘lishi mumkin. Bunday usullar yordamida yurak faqat qo‘llab-quvvatlanmaydi, balki haqiqatan ham qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Karnataka shtati Kolar tumanidan bo‘lgan ayolda dunyo bo‘yicha ilgari noma’lum bo‘lgan qon guruhi antigeni topilgandi.