04-08-2025 11:05
Sohilga chiqib qolgan dengiz sutemizuvchilarni o‘rganish markazi (MMSC) ma’lumotlariga ko‘ra, ularga shanba kuni soat 15:00 da Barnegat ko‘rfazida kit aniqlangani haqida xabar berilgan. Keyinroq markazga kit qayiq bilan to‘qnashgani haqida xabar kelib tushgan.
“Shanba kuni tushdan keyin Nyu-Jersi shtatidagi Oushen okrugidagi Barnegat ko‘rfazida qayiq urib ketgan kit nobud bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Kit bilan to‘qnashish oqibatida qayiq deyarli ag‘darilib, yo‘lovchilardan biri esa qayiqdan tushib ketdi. Rasmiylarga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.
Voqea oqibatida nobud bo‘lgan jonivor, markaz ma’lumotlariga ko‘ra, uzunligi taxminan olti metrli, tanasida kichik chiziqlari bor kit bo‘lgan, deb xabar berdi ria.ru.