05-08-2025 06:25
Nufuzli musobaqada erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini Jasur Rahmatullayev, Jamoliddin Qo‘chqorov, Amir Rustamov himoya qilgan bo‘lsa, ayollar musobaqasida Nargiz Tosheva sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.
Bir hafta davom etgan musobaqalarda Nargiz Tosheva saralash musobaqalarida Belarus, Rossiya vakillarini mag‘lub etdi. Ammo yarim final ostonasida rossiyalik Alisa Litvinovaga 5:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
102 nafar bilyardchi qatnashgan erkaklar musobaqasida terma jamoamiz sardori Jamoliddin Qo‘chqorov saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Qirg‘iziston, Belarus, Rossiya vakillarini dog‘da qoldirdi. Yarim finalda hamyurtimiz rossiyalik Leonid Shviryayev bilan teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda bronza medaliga ega chiqdi.