Misrning Sharqiya provinsiyasida ikkita poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi Хinxua axborot agentligi.
Voqea joyiga 39 ta tez yordam mashinasi jo‘natildi.
Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi, yaralangan 44 kishining sog‘lig‘i normal holatda. Tez orada ular shifoxonadan chiqariladi. Yana beshtasi qo‘shimcha kuzatishni talab qiladi.
Sharqiya gubernatori Hazem al-Ashmuniyning so‘zlariga ko‘ra, ikkita poyezddan barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan va temir yo‘l liniyasida poyezdlar qatnovini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Misr milliy temir yo‘l boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, avariyaning texnik sabablarini aniqlash uchun temir yo‘l mutaxassislaridan iborat qo‘mita tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Volgograd viloyatida yo‘lovchi poyezdining sakkiz vagonining relsdan chiqib ketgani haqida yozgan edik. Unda ham ko‘plab odamlar jabrlangandi.
Belgiyada ham poyezd halokati yuz berdi. Tezyurar TGV poyezdi yuqori tezlikda traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketdi. Poyezdning ikki yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olgan. Fermer tirik qoldi.