Qayd etilishicha, 28-oktyabr kuni Adnan Oktar qurolli jinoyat uchun ishlatgan va shu jinoyatlar orqali orttirgan mol-mulklar musodara qilingan. Ular qatorida to‘pponcha, miltiq, o‘q-dorilar, gilzalar, jurnallar va qoplar mavjud.
Shuningdek, Adnan Oktarning noqonuniy tashkiloti rahbariyati va a’zolariga taqsimlangan 1 million 47 ming 503 lira, 52 ming 391 dollar, 30 ming 365 yevro, 535 funt, 160 Shveysariya franki hamda bir qancha Gongkong dollari va Birlashgan Arab Amirliklari dirhami ham musodara qilingan.
Qarorga ko‘ra, sud omborida saqlanayotgan 5 ta kamera qurilmasi va tashkilot rahbari tomonidan yozilgan ayrim kitoblar ham musodara qilingan. Ayrim soat va zeb-ziynat buyumlari esa qaytarilgan.
Bundan tashqari, tashkilot ixtiyorida bo‘lgan 61 ta avtomobil va Istanbul shahrining 5 ta tumanidagi turli qiymatdagi ko‘chmas mulk ham musodara qilingan mol-mulklar qatoridan joy olgan.