"Bitcoin" qiymati tarixda birinchi marta 99 ming dollardan oshdi.
Kriptovalyutalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Binance birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, bizning vaqt bilan 22 noyabrda bitcoin qiymati 99,2 mingga yetgan. Bu mazkur kriptovalyuta uchun yangi tarixiy maksimum hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp saylovoldi dasturida bitcoin'ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonotlar bergan edi.