Tramp yevropaliklar bilan Ukraina masalasini gaplashdi
23.11.2024 08:42
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bir qator Yevropa rahbarlari bilan Ukraina mojarosini muhokama qildi. Bu haqda “Washington Post” xabar berdi.
Bildirilishicha, Tramp Yevropaning bir necha rahbarlari bilan suhbatlashib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” haqida savollar bergan.
“Bloomberg” nashrining yozishicha, Polsha Prezidenti Andjey Duda Tramp undan Ukrainadagi qarashlari, shuningdek, boshqa rahbarlarning pozitsiyalari haqida so‘raganini aytgan.
“Washington Post”ga ko‘ra, AQSHda saylov o‘tkazilgan kundan boshlab Yevropa rahbarlari Tramp bilan muloqot qila boshlagan. Ta’kidlanishicha, Tramp ular bilan suhbatlar davomida hech qanday talablar qo‘ymagan, balki Ukraina haqida savollar bergan.
“Zelenskiyning g‘alaba rejasi haqida nima deb o‘ylaysiz? Putin haqida nima deb o‘ylaysiz?”, degan Tramp.