Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp davrida Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bekor qilinishiga shubha bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Medvedovga ko‘ra, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishgach, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi ehtimoldan uzoq. Bu Amerika iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
“Saylangan prezident o‘z lavozimiga kirishgandan so‘ng bu sanksiyalarni darhol bekor qilishi dargumon deb hisoblayman. Qolaversa, u ma’lum bir davrda ba’zi sanksiyalarni qo‘llashda qat’iy turib olgandi”, deya ta’kidlagan siyosatchi.
Shuningdek, Medvedev Trampning Amerikadan Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib berish zarurligi haqidagi so‘zlarini esladi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevropa Rossiyadan suyultirilgan gaz olayotgani yo‘q, “shuning uchun yevropaliklar sovuqda qolib, ishlab chiqarish korxonalari to‘xtab qolmoqda”.