TikTok ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Chjan Imin ilk bor Xitoyning eng boy odami sifatida e’tirof etildi.
Shanxayda nashr etiladigan “Hurun” jurnali tomonidan e’lon qilingan yangi ro‘yxatda uning boyligi 49,3 milliard dollarga baholandi.
Ta’kidlanishicha, 41 yoshli Chjan Chin yurti tadbirkorlari yangi avlodiga mansub bo‘lib, bu toifa asosan xalqaro miqyosda mashhur va ustunlikka ega.
Imin asos solgan, “TikTok”ka egalik qiluvchi “ByteDance” guruhi o‘tgan yil global sotuvni 30 foiz oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Xitoyda “Douyin” deb ataladigan bu tarmoq AQSHda qariyb 200 million foydalanuvchiga ega.
O‘tgan yil Xitoyda o‘ta boy odamlar soni 142 kishiga kamaydi. Jami 753 kishining har biri kamida bir milliard dollar aktivga ega. 2021-yil 1185 nafar milliarder qayd etilgandan beri Xitoy o‘ta boylarning uchdan birini yo‘qotdi.