Britaniyaning Daily Mail gazetasi jurnalistlari Rossiyaning Oreshnik ballistik raketasi Yevropaning istalgan biror shahriga yetib borish vaqtini hisoblab chiqdi.
Mualliflarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Astraxan viloyatidagi raketa poligonidan uchirilgan raketa Parijga 15-16 daqiqada, Bryusselga 14-15 daqiqada, Rimga 13-14 daqiqada va Berlinga 11-12 daqiqada ucha oladi.
Avvalroq harbiy tahlilchi Uaylder Alexandro Sanches Rossiyaning eng yangi o‘rta masofaga uchuvchi raketa majmuasi “Oreshnik” Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga qarshi sanksiyalar samarasiz ekani va ishlab chiqarishga zarar yetkaza olmasligining isboti ekanligini aytgan.
22-noyabr kuni tushdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyati va harbiy-sanoat kompleksi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tadbir davomida davlat rahbari “Oreshnik” tizimi tomonidan sodir etilgan hujum haqida gapirgan. U erishilgan natijalar va yangi raketalarni yaratish tezligi unda g‘urur va hayrat uyg‘otayotganini ta’kidlagan.