Germaniyada homilador vatandoshini zo‘rlagan ukrainalik qamaldi
23.11.2024 18:31
Germaniyada sud 26 yoshli homilador vatandoshini zo‘rlagan xarkovlik xuddi shu yoshdagi oshpazni yetti yilu to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda rus tilidagi Bild telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ayol Rossiya bosqini boshlanganidan keyin Germaniyaga ko‘chib ketgan va Barlinning Xellersdorf tumanida vatandoshlari bilan birga qo‘nim topgan. 2023-yilning sentyabr oyida ayolga ukrainalik "kvartiradoshi" hujum qilgan va pichoq bilan tahdid qilib, hushidan ketguncha bo‘g‘ib qo‘ygan. Ayol hushiga kelganidan keyin uni zo‘rlagan, jabrlanuvchi o‘sha vaqtda 9 oylik homilador bo‘lgan.
Qayd etilishicha, chaqaloq bir necha kundan keyin sog‘lom tug‘ilgan va ukrainalik ayol u bilan Polshaga ko‘chib o‘tgan. Berlin sudi erkakni jinsiy maylni zo‘rlik bilan qondirish va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda aybdor deb topgan.