Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Livanning shimoli-sharqiy qismidagi shahar va aholi punktlarida intensiv reydlar o‘tkazdi, deb xabar beradi TASS.
Lebanon 24 axborot portalining xabar berishicha, Baalbek va Hermel yaqinidagi 20 aholi punkti, jumladan Britel, Duris, Sarin va Shimstar shaharlariga havo hujumlari uyushtirilgan.
Qurbonlar haqida ma’lumot olti kishidan iborat oila halok bo‘lgan.
Avvalroq Isroil Livan janubiga hujum uyushtirgan edi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida havo hujumlari natijasida 38 fuqaro halok bo‘lgan, yana 124 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda garovga olinganlarni almashish va G‘azo sektorida sulh tuzish bo‘yicha muzokaralarning qayta tiklanishi fonida, Qatardagi HAMAS siyosiy byurosining yuqori martabali a’zosi Hussam Badran dushanba kuni kelishuvga erishish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlari HAMASga aloqador Shehab axborot agentligi tomonidan tarqatilgan qisqa xabarda aytilgan.