14-11-2025 10:17

Hodisa o‘tgan yili efirga chiqqan “Panorama” dasturining bir soniga bog‘liq. O‘sha efirda 2021 yilning 6 yanvardagi Tramp nutqidan olingan jumlalar montaj jarayonida qo‘shib yuborilgan. Oqibatda Tramp o‘z tarafdorlarini Kapitoliyga bostirib kirishga bevosita chaqirgandek taassurot paydo bo‘lgan.
Montaj qilingan variantda “Biz Kapitoliyga boramiz, men sizlar bilan birgaman va biz kurashamiz. Biz oxirigacha kurashamiz”, degan jumlalar yangragan. Asl nutqda esa bu gaplar bir-biridan bir soat masofada aytilgan. Dastur AQSHdagi saylovlarga bir hafta qolganda efirga uzatilgan.
BBC raisi Samir Shah montaj “zo‘ravonlikka bevosita chaqiriq bo‘lgani haqidagi noto‘g‘ri taassurotni yaratganini” tan olgan va Oq uyga shaxsan maktub yubordi. Korporatsiya 2024 yildagi bu dastur endi qayta namoyish etilmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur mojaro tufayli Bosh direktor Tim Deyvi va yangiliklar bo‘limi rahbari Deborra Ternes iste’foga chiqqandi.
Trampning advokatlari BBC agar raddiya e’lon qilmasa, uzr so‘ramasa va kompensatsiya to‘lamasa, uni sudga berib, 1 milliard dollarlik zarar undirishini aytib ogohlantirdi.
