Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari bo‘yicha UzAuto Motors AJ va “PSM-Avtosavdo” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda, 116 nafar boshqaruv xodimi 107 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni Turkiya Respublikasining tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qildi.