Yana yuzdan ortiq rahbar biznesga ega ekani aniqlandi
13.09.2024 12:54
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda, 116 nafar boshqaruv xodimi 107 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.
Jumladan, Transport vazirligining 50 ta boshqaruv xodimlari 55 ta tadbirkorlik subyektlarida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 37 ta boshqaruv xodimlari 39 ta tadbirkorlik subyektlarida hamda Madaniyat vazirligining 20 ta boshqaruv xodimlari 22 ta tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
Agentlik tomonidan ushbu qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirliklarga taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.
Avvalroq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining 398 rahbar xodimi 449 ta biznesga egaligi aniqlangani haqida xabar berilgandi.