Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
01-08-2025 05:54
Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlari hududlariga 1-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Hududlar:
Sergeli tumani (10:00 dan 16:00 gacha): «Qumariq» MFY. Aholi xonadonlar soni: 456 ta yerli xonadonlar, ulgurji iste’molchilar soni: 4 ta.
Bektemir tumani (10:00 dan 14:00 gacha): «Oltintopgan» MFY. Aholi xonadonlar soni: 320 ta yerli xonadon, ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta.
Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): «2-Charx Kamolon» MFY. Aholi xonadonlar soni: 184 ta yerli xonadon, 6 ta ko‘p qavatli uylar, ulgurji iste’molchilar soni 7 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.