
Vazirlar Mahkamasining 21-oktyabrdagi 662-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasasining direktori va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra har oylik ustamalar to‘lash tartibi belgilandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hududida ayrim noqonuniy guruhlar O‘zbekiston konsullik muassasalari nomidan qalbaki hujjatlar tayyorlab berayotgani yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

O‘zbekistonda to‘y va ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka chek qo‘yish, me’yoriylik va milliy qadriyatlarga muvofiq odob-axloq me’yorlarini targ‘ib etish maqsadida yangi dastur ishlab chiqildi.

Janubiy Koreya Respublikasida o‘ta puxta tashkil etilgan firibgarlik sxemasi natijasida ellik yoshdagi fuqaro — “A’’ ismli ayol jami 500 million von (350 ming AQSH dollari atrofida) moddiy zarar ko‘rdi. Jabrlanuvchi o‘zini mashhur aktyor Li Jon Je deb tanishtirgan shaxs bilan ishqiy munosabatda bo‘lganiga ishongan.